PADARLARNING GAPI.
Oppoq qizim ko'zmunchoq ko'zim,
Onamdaysan aylanay o'zim,
Tinglab o'tir bir muddat so'zim,
Boshim yerga egmasang bo'ldi.
Boyga yetding faxmimcha bugun,
Hudoyimga shukur bu uchun,
Ich etimda qolmasin tugun,
Boshim yerga egmasang bo'ldi.
Sevakorma demayman sira,
Tilaganim sevilib yura,
Faqat dilim qilmagin hira,
Boshim yerga egmasang bo'ldi.
Bilsang boshni egarkan uyat,
Hamma Ota qilar zo'r niyat,
Hammada bor nomus hamiyat,
Boshim yerga egmasang bo'ldi.
Yetaklashma nomartlar bilan,
Adashmaydi bu yölda kimam,
Bölmas menda qoqilsang chidam,
Boshim yerga egmasang böldi.
Kalta kiyim kiygani yomon,
Gap sozlardan böli