Forish tumanida ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Ayni kunda Forish tumanida 2025 – 2026-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.
Bu borada tumandagi “Bog‘don”, “O‘zbekiston” hamda “Xonbandi” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarni mavsumga tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, “O‘zbekiston” mahallasidagi 20 ta, “Bog‘don” mahallasidagi 1 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismiga bazalt qoplanib, to‘liq ta’mirlanmoqda.
Bundan tashqari ushbu mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning isitish tizimlari, kanalizatsiya tarmoqlari ham ta’mirlanib, mavjud muammolari bartaraf etilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.