Do‘stlik tumanining «Navro‘z” mahallasida yashovchi Muhaddas Xidirova davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
imtiyozli kredit asosida ajratilgan 33 million so‘m mablag‘ hisobiga 1 500 dona bedana xarid qilib, xonadon sharoitida parrandachilikni tashkil etdi. Bugungi kunda bedanalardan kuniga 1 000 tagacha tuxum olinib, mahsulot bozorda xaridorgirligi bilan ajralib turibdi.
Muhaddas Xidirovaning mehnati davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali barqaror daromad manbaini yaratish mumkinligining yorqin namunasidir. Bu kabi tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.