АҚШнинг Лас Вегас шаҳрида ўтаётган концертда юз берган отишмада 50дан ошиқ одам ўлган, 100дан ошиғи яраланган.
Қуролли киши очиқ ҳавода ўтаётган концертга қарата Мандалай Бей меҳмонхонасининг 32-қаватидан ўт очган.
Ҳужум вақтида ёзиб олинган кадрларда автоматик қуролдан тўхтовсиз отилаётган ўқлар овози эшитилади.
Полицияга кўра, ҳужумчи - 64 ёшли Стивен Паддок полиция томонидан отиб ўлдирилди.
Айни дамда унинг аёл ҳамроҳи қидирилмоқда.
Лас Вегас шаҳри жойлашган Невада штати Америкадаги энг эркин қурол қонунларига эга.
Автоматик қурол кўтариб юриш қонуний, ўқ миқдорига чеклов йўқ.
Қуролни ҳар ким ҳеч қандай рухсатномасиз, навбатсиз сотиб олиши мумкин. Жисмоний шахслар ўртасида қурол савдосига ҳам йўл қўйилган.
Video: Las Vegasdagi kontsertda 50dan oshiq odam otib oʻldirildi
AQShning Las Vegas shahrida oʻtayotgan kontsertda yuz bergan otishmada 50dan oshiq odam oʻlgan, 100dan oshigʻi yaralangan.
Qurolli kishi ochiq havoda oʻtayotgan kontsertga qarata Mandalay Bey mehmonxonasining 32-qavatidan oʻt ochgan.
Hujum vaqtida yozib olingan kadrlarda avtomatik quroldan toʻxtovsiz otilayotgan oʻqlar ovozi eshitiladi.
Politsiyaga koʻra, hujumchi - 64 yoshli Stiven Paddok politsiya tomonidan otib oʻldirildi.
Ayni damda uning ayol hamrohi qidirilmoqda.
Las Vegas shahri joylashgan Nevada shtati Amerikadagi eng erkin qurol qonunlariga ega.
Avtomatik qurol koʻtarib yurish qonuniy, oʻq miqdoriga cheklov yoʻq.
Qurolni har kim hech qanday ruxsatnomasiz, navbatsiz sotib olishi mumkin. Jismoniy shaxslar oʻrtasida qurol savdosiga ham yoʻl qoʻyilgan.