9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sharof Rashidov tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahallalar, ziyoratgohlar va qabristonlarda hasharlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, “Kuyovboshi” qabristonida ham hashar ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, aholi faol ishtirok etmoqda. Hududda begona o‘tlarni tozalash, yo‘laklarni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar Xotira va qadrlash kuni ruhini ulug‘lash, ziyorat maskanlarini obod qilish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling