Videoreportaj: Arnasoyda pillachilik mavsumi qizg‘in davom etmoqda
Arnasoy tumanida 2026 yil hosili uchun pillachilik mavsumi qizg‘in bosqichga kirgan. Joriy yilda 78 ming kilogramm pilla yetishtirish rejalashtirilib, buning uchun 1300 quti ipak qurti parvarishga olingan.
Ayni paytda ipak qurtlari faol oziqlanish bosqichida bo‘lib, pillakorlar tomonidan ularni sifatli tut bargi bilan ta’minlash va parvarish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jarayon mutaxassislar nazoratida olib borilmoqda.
Tumanda pillachilikni samarali tashkil etishda “Ramiza Silk” MChJ muhim o‘rin tutmoqda. Korxona aholi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatib, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda yetishtirilgan pillani qabul qilish ishlarini yo‘lga qo‘ygan.
Mavsum doirasida 1833 nafar ishsiz xotin-qiz kasanachilik asosida ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, 7 ta markazlashgan pillaxonada 611 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.