Mirzacho‘l tumanida bahorgi dala ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Hududda chigit ekish jarayonlari ayni qizg‘in pallaga kirgan.
Xususan, “Turapov Jo‘rabek” fermer xo‘jaligida 63 gektar ekin maydonining 37,9 gektariga paxta, 25,1 gektariga g‘alla yetishtirilmoqda. Shuningdek, To‘xtarov Norboy fermer xo‘jaligida ham 46 gektar maydonda ekish ishlari zamonaviy texnika yordamida samarali tashkil etilgan.
Joriy mavsumda 76 va Xitoy navli chigitlar qo‘shqator usulida ekilayotgan bo‘lib, bu usul hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda tumandagi dala maydonlarida ishlar izchil davom etmoqda. Bugungi mehnat esa ertangi mo‘l hosil uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.