Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Mustaqillik, Oybek, Shodlik va Nurobod mahallalarida jami 1 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirildi. Mazkur ishlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
Ushbu ishlar aholi uchun qulaylik yaratish, transport harakatini yengillashtirish va mahallalar qiyofasini yanada obod qilishga xizmat qilmoqda. Kelgusida tumandagi boshqa mahallalarda ham shunday ishlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.