Arnasoy tumanida qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hisobiga hosildorlikni oshirish va suv resurslarini tejash ishlari jadal davom etmoqda.
Baxtli mahallasida Xitoyning “Great agro tex” MCHJ tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimi uchun zarur bo‘lgan 50 turdagi mahsulot ishlab chiqarish korxonasi qurilishi boshlandi. Mazkur loyiha yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Hozirda korxona tomonidan tumandagi bir qator xo‘jaliklarda 2000 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilmoqda. Bu usul suv sarfini kamaytirish va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2026-yil hosili uchun tumanda 7200 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3652 gektari Xitoyning Shinjon tajribasi asosida amalga oshiriladi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.