Предыдущая публикация
BOR CHOY DAMLA!
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla! -, derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol: “Bor choy damla!”, “Ovqating tayyormi?!”, deyaverasiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga oʻxshab gaplashib oʻtiramiz?! -, debdi...
Ertasiga ishdan kelib xotiniga:
- Jonim, Sahobalar qissalardan oʻqiganmisan?-, debdi.
- Yoʻq.
- Senga kimning qiroati yoqadi, Abdulbositnikimi yoki Minshaviynikimi?!
- Kim ular?
- Muhammad paygambarimizning hadislaridan birortasini yodlaganmisan?
- Yoʻq, yodlamaganman.
- “Oʻtgan kunlar”ni oʻqiganmisan?!
- Yoʻq.
- Tur, choy damla!
©️ Mahbubiy


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев