#Premyera :
Borida qadrlang qadrdonlarni,
Lahzada umrlar topadi yakun,
Bugun sogʻ-salomat yurgan odamni,
Ertaga qabrga qoʻyish ham mumkin!
Borida, boringiz shukrim deb qoʻying,
Yaxshiyam borsiz deb qoʻying kunda bir!
Mehnat kerak emas mehr berishga,
Kira tilamaydi tilingiz axir!
Kimningdir yuzida boʻling tabassum,
Kimgadir yelkangiz tuting, suyansin.
Kimningdir qoʻllarin quchoqlang bir zum,
Koʻzidan shashqator yoshlari tinsin!
Tuproqdan tashqari yuribmiz bugun,
Uzatsak osmonga yetar qoʻlimiz.
Bir kuni shu tuproq toʻshak biz uchun,
Bir kuni bir taraf boʻlar yoʻlimiz!
Ey, nodon doʻstima, kibrlanma, qoʻy,
Hammamiz yer bilan bittamiz bir kun!
Ne-ne ustunlarni qulagani bor,
Bir kun hammamizg