Onajonim
Og‘rib qolsam boshimda turgan,
Yig‘lasam yig‘lab kulganda kulgan,
Meni doim duolar qilgan,
Onajonim borizga shukur.
Kechga qolsam bedor kutdingiz,
Men deb doim g‘amlar yutdingiz,
Hatto men uchun o‘zdan kechdingiz,
Onajonim borizga shukur.
Yuzingizda dog‘lar meni deb,
Sochingizda qorlar meni deb,
Kezolmadiz bog‘lar meni deb,
Onajonim borizga shukur.
Deyman doim yuzingiz kulsin,
Sizga quvonch doim yor bo‘lsin,
Duoyingiz madadkor bo‘lsin,
Onajonim borizga shukur.
Sizla mehr dengizin kezdim,
Har qadamda mehringiz sezdim,
Ota bo‘lib qadringiz bildim,
Onajonim borizga shukur.
Sizni yaxshi ko‘ramiz biling,
Bizni doim duolar qiling,
Nabiralar rohatin ko‘ring,
Onajonim borizga shukur.