Ketayapsizmi... Mayli-yu, ammo, Yuragimga bir so'z deb keting! Ortingizdan zor yig'lamasin. Qaytaman deb, ovutib keting..! Yolg'on bo'lsa xamki so'zingiz, Dilga umidlar solib keting..! Menga shartmas boyliklaring, Sabringizni qoldirib keting..! Xaddan oshib ketmasin sog'inch, Xayollarim to'zg'atib keting..! Meni qiynab, ado qilmasin, Xijronlarni irg'itib keting..! Alvidolar demang! Yo'q. Zinxor.! Xatto baxtlar tilamay keting..! Nigoxlarim topmasin ozor, Ortingizga qaramay keting..! Ketayapsiz... Mayli-yu, ammo, Yuragimga bir so'z deb keting..! Izingizdan yig'lashlarim bor, Kulib-kulib, kuldirib keting...♥