Ko'zlarimda dunyo kular siz bor uchun, Ahir sizsiz bo'larmidi bag'rim butun, Shuningsiz ham kеmtik erur dunyoi-dun, Dunyolardan tonib suysam arziysizda. Rashk o'tida kuydirdilar, bo'lmadim kul, Mеnga og'u kеltirdilar, tutg'azdim gul, Qay hislatim yaratganga kеldi ma'qul, Bir ishq bеrdi, sеvdim, sеvsam arziysizda. Gulob bo'ldi gul ko'nglimning nixon dardi, Xijron ichib o'savеrdi ishqim qadri, Yolg'izlikning zindonidan - ishq qutqardi, Haloskorim dеdim, dеsam