Odamlardan to‘plab qancha oltin- zar, Qaytaraman debsiz ikki barobar. Jabr qilib elu-yurtga dardisar, Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy! Bechoralar ishlatmayin kallani, Kalla desa opkelibdi sallani. Siz ham poylab ayni kerak pallani, Fil ham axir sizcha yemas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy! Birov haqi yuqmas emish birovga, Joningizni qo‘yibsizda garovga. Bekor qibsiz suvlar sepib olovga, Ketdi pullar Kamaz-kamaz, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy! Almashibsiz paxtalarni taxtaga, Ayrim kunlar taxtalarni paxtaga. Pulim yetar debsiz tilla yaxtaga, O‘zingizni bosing bir pas, Ahmadboy. Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy! Xafa bo‘lmang s