Hazorasp City Mall: yangi zamonaviy majmua loyihasi ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 132-son qarori asosida tumandagi “Bog‘dor” mahallasida yangi zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimligida “Hazorasp City Mall” majmuasini qurish bo‘yicha Qatar davlatidan kelgan “Dal” kompaniyasi loyihachilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishildi.
Taqdimot davomida majmuaning me’moriy yechimlari, zamonaviy infratuzilmasi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Yangi majmuaning barpo etilishi hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay savdo va xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев