Bir kuni olsa omonat jonim
To'xtasa tomirda oqqan bu qonim.
Ruhim uchib ketsa bo'lsa bu tanim
Sog'inib yig'lagin mening sevgilim.
Bir kun abadiyga yumilsa ko'zim
Boshqa chiqmasa og'zimdan so'zim
Kafanga o'ralsa bu go'zal yuzim
Achinib yig'lagin mening sevgilim
Boshqa ko'rolmasam moviy osmoni
Tark etsam erta yorug' jahonni
Azroil kelsayu olsa jonimni
O'kinib yig'lagin mening sevgilim
Tasadduq bo'lmasa garchi bo'yninga
Qatnasha olmasam nikoh to'yinga.
Mehmon bo'lolmasam yangi uyinga
Bir eslab yig'lagin mening sevgilim!
So'ngi manzilga yetganda yo'lim
So'ligan bo'lsada ochilgan gulim
Gullarga burkangan ko'rib suratim
Dod solib yig'lagin mening sevgilim!
Meni abadiyga olib ketsalar
Men uchun yig'lab a'za tutsalar
Tobutimni ko'changdan olib o'tsalar
Bir eslab yig'lagin mening SEVGILIM.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации