Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholini, ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Shu asosda yurtdoshlarimizdan 100 nafar fuqaro “Prezident hojisi” maqomiga munosib topilib, muqaddas Haj safariga yo‘l olmoqda.
Jizzax shahridan Yusupov Qo‘chqorboyga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Haj safari uchun yo‘llanmasi va sovg‘asi tantanali ravishda topshirildi. Taqdimot jarayonida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etib, ziyoratchining xonadoniga tashrif buyurishdi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.