Paxtakor tumanida joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlikni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Don qabul qilish shahobchasida tashkil etilgan tadbirda mutasaddilar, fermerlar va mexanizatorlar ishtirok etib, mavsum oldidan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Ro‘ziyev, tuman hokimi X. Abduvoxidov hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda tumanda 11 700 gektar maydonga g‘alla ekilib, 46 ming 800 tonna hosil qabul qilish rejalashtirilgan. Buning uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish va texnikadan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Mavsumni samarali tashkil etish maqsadida 22 ta o‘rim otryadi tuzilib, ularga 38 ta zamonaviy kombayn biriktirildi. Shuningdek, 215 ta transport vositasi don tashish jarayonlariga jalb etiladi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling