Yurtimizda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Shu asosda 100 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” maqomiga munosib topilib, muqaddas Haj safariga yo‘l olmoqda.
Zafarobod tumanidan O‘rozov Abduxoshimga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Haj safari uchun yo‘llanmasi va sovg‘asi topshirildi. Uni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev xonadoniga borib, tantanali ravishda topshirdi.
“Prezident hojilari” tashabbusi davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligini yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.