Sharof Rashidov tumanida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. D047 yo‘li bo‘yidagi Navbahor aylanma ko‘prigi atrofidagi 30 gektar maydon bosqichma-bosqich zamonaviy hududga aylantirilmoqda.
Hudud to‘liq o‘rab olinib, 35 mingdan ortiq daraxt va butalar ekilyapti, piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda. Shuningdek, 3 km sug‘orish tarmog‘i va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilmoqda.
Loyiha doirasida 30 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Mazkur ishlar ekologik muhitni yaxshilash va “Yashil makon” dasturi vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling