Sahibkıran: Timur'un ünvanı
Yırdaki Türkçe Sözler:
el = 1-halk, 2-yurt
doğulmak = doğmak
Hıtay = Çin
bütün = tamamen
elat = millet
ötmek = 1-geçmek, 2-ölmek [mecaz anlam]
tozumak = toz toprak olmak, eskimek
son = sonra
appak = bembeyaz
Yırdaki Çetelli Sözler:
mihmannüvaz = misafirperver
dîl = kalp, gönül, yürek
haslet = tabiat, huy, karakter
halas = kurtulmuş
dağ = 1-hayvanlara vurulan damga, 2-yara, iz
peydevar = temel
hışt = kerpiç, tuğla
Turkiy elim, sen azaldan buyuk eldursan,
Chunki senda qismati bor Sohibqironning.
Mehmonnavoz, qo’li ochiq, ochiq dildursan,
Chunki senda himmati bor Sohibqironning,
Senda buyuk hislati bor Sohibqironning.
Amir Temur tug’ilgan el turkiy barlosdur,
Eron yo Rum, Xitoy, Hinddan butkul xalosdur,
Turku uyg'ur, totor, chuvosh, qumug', xokosdur
O’zbek, qirg’iz, qozoq, turkman, turkiyga xasdur,
To’qson ikki millati bor Sohibqironning.
Allohga qul, Muhammadni rasul bilgan el,
Amir Temur davlatida toshib to’lgan el,
Temur o’tgach har tarafga to'zib ketgan el,
Ushbu kunda o'zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor Sohibqironning.
Temur o’tgach har tarafga to'zib ketgan el,
Bugun kelib o'zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor Sohibqironning.
Temurdan so'ng saltanatni buzdilar uzoq,
Turkiylarning ko'ksida bu alamli bir dog'
Temurdan so'ng saltanatni buzdilar uzoq,
Turkiylarning ko'ksida bu alamli bir dog'
Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab, poydevorga g’isht qo’ying oppoq,
Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab, poydevorga g’isht qo’ying oppoq,
Shunday buyuk davlati bor Sohibqironning.
Minoralar Temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonning sarhadidandur,
Alisher ham Temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab bitmas san’ati bor Sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.