Videoreportaj: Jizzax viloyati hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda navbatdagi muhim tashabbusni ilgari surib, endi har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishini ma’lum qildilar.
Ushbu tashabbusga muvofiq, har bir vazirlik va tashkilot yoshlar bilan ochiq uchrashuvlar o‘tkazib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Paxtakor tumanidagi Do‘stlik mahallasida joylashgan 14-sonli musiqa va san’at maktabida 200 dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.