Videoreportaj: Jizzaxda oqava suv tizimi modernizatsiya qilinadi
Jizzax viloyatida aholi turmush darajasini yuksaltirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida oqava suv tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jizzax shahrida mavjud oqava suv tozalash inshootini kengaytirish rejalashtirilgan. Amaldagi quvvati sutkasiga 30 ming metr kub bo‘lgan mazkur inshoot 2026–2027-yillarda bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinib, uning quvvati 80 ming metr kubga yetkaziladi.
Ushbu loyiha natijasida shaharda oqava suvlarni tozalash sifati sezilarli darajada yaxshilanadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir kamayadi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar samaradorligi oshadi.
Shuningdek, mazkur infratuzilmaviy yangilanish shaharning kelgusidagi urbanizatsiya jarayonlari, sanoat rivoji va aholi sonining ortib borishini inobatga olgan holda muhim strategik ahamiyat kasb etadi.
Bu kabi loyihalar hududda ekologik muvozanatni saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining farovon turmush kechirishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.