Oldimizda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligin ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish, investitsiyalar jalb etish, infratuzilma holatini yaxshilash kabi ustuvor vazifalar turibdi.
Xabarlaringiz bor Hurmatli Prezidentimiz o‘tgan yili 2 dekabr kuni vilotimizga tashrif buyurib, o‘tgan yili amalga oshirgan ishlarimiz katta marralarning boshlanishi ekanligini, kelgusi besh yilda Jizzaximizni eng rivojlangan hududlar qatoriga qo‘shilishini ta’kidladilar.
Buning uchun, barcha zarur sharoitlarni yaratib berdilar.Xususan, joriy yil 30 yanvar kuni “2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror ijrosini so‘zsiz amalga oshirish barchamizning faoliyatimizdagi eng birinchi navbatdagi vazifamiz, dasturimiz bo‘ladi.