Jizzaxdagi mahalla raislarining aholiga murojaatlari
Joriy yil uchun belgilangan rejalar asosida Jizzax viloyati hududlarida mahalla raislari tomonidan aholiga murojaatlar yetkazib borilmoqda. Ushbu uchrashuv va tushuntirish ishlari joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, Baxmal tumani Do‘stlik mahallasida mahalla “yettiligi” ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Ta’kidlanganidek, mahallalarda aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish ustuvor vazifa hisoblanadi.
📹 Batafsil videolavhada.