O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Mirzacho‘l tumanida tashkil etilgan innovatsion qishloq xo‘jaligi “Azamat maktabi” o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida soha vakillari, fermerlar va mutaxassislar ishtirok etib, cho‘l hududlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish va yuqori hosildorlikka erishish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, “Azamat maktabi” fermerlar uchun bilim va tajriba almashish maydoni bo‘lib, ilg‘or usullarni ommalashtirish, malaka oshirish va qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
📹 Batafsil videolavhada.