Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Omad bir kun chiqib yo'limdan
Uzur so'rab tizza cho'kadi
Topolmasdan biron bahona
Uyaladi ko'z yosh to'kadi
Baxt yo'liqib bexos bekatda
Topshiradi yo'g'u borini
Quvonch izlab topadi bir kun
Eshitmayman uning zorini
Dunyo shunday tuzilgan ajab
Kim nimani izlab ovvora
Poyimizda aylanadi yer
Hayron boqar sakkiz sayyora...