Onamning ko'zidan yoshlar oqmasdi,
G'am anduh har kuni eshik qoqmasdi.
Taqdir yetim digan nishon taqmasdi,
Agar otajonim tirik bo'lganda.
Ishongan insonim mehrin sotmasdi,
Ortimdan jilmayib toshlar otmasdi.
Ota deb ko'zimdan yoshlar oqmasdi
Agar otajonim tirik bo'lganda
Erishgan yutug'im ko'rib turardi,
Boshini ko'tarib mag'rur yurardi.
O'g'lim deb yelkamdan urib qo'yardi,
Agar otajonim tirik bo'lganda.
Ishongan tog'im deb suyanar edim,
Madadkorligidan quvonar edim.
Bir faqat otamga ishonar edim,
Agar otajonim tirik bo'lganda.
Taqdir deb ketmasdi ko'ngil berganim,
Muhabbat bog'ida yillab yurganim.
Yorim bo'lar edi yaxshi ko'rganim,
Agar otajonim tirik bo'lganda
Barch