Yuragim haliyam uryapti, kelib toʻxtatishsin...
Kuchingiz yetsa pichoq uring,
Mayli, turib beraman, moʻljallab oting,
Faqat...
Faqat avval meni tanlang,
Qurbon boʻlib ketmay bekorga.
Gohida alam qilishi bor gap,
Kuyishim bor gap inson qadri arzonligiga.
Oʻqish, erkin nafas olish, xohlaganday kiyinish
Yana koʻplab bunday "...ishlar" bor,
Ayni shular uchun kechish yurakdan,
Va toʻyib-toʻyib havo sipqorish,
Oʻpka bilan yashash,
Balki, bu - Baxtdir...
Moddiy dunyo,
Yoʻq,
Oʻlsam meni yerga koʻmmang,
Yoqib ham yubormang,
Koʻkka koʻtarmang,
Eʼtibor ham bermang, siz imkon qadar
"Vatan" deya balandparvoz soʻzlar ila alqanayotgan oʻlkada qoldiring jasadimni,
Ayting, tegishmasin.
Allohdan oʻzga iloh