Bilaman qaytmaysiz, endi yonimga,
Uzoqlarga keting, sizdan roziman
Achinib yashayman endi holimga ,
Shunda ham men sizni kutib yashayman.
“Endi u qaytmaydi”,- degim ham kelmas
Xiyonating hech ham kechirgim kelmas,
O’shamda ham “alvido”ga tillarim bormas,
Shunda ham men sizni kutib yashayman
Bir kun albatta siz qadrim bilasiz,
“Nelar qildim”,-debon afsus qilasiz
Holizga achinib , kuyib, yig’laysiz,
Shunda ham men sizni kutib yashayman.
Bir kun kelasiz siz men ishonaman,
O’shanda men sizni quvib solaman
Quvib solaman-u ortizdan boqib,
Shunda ham men sizni kutib yashayman.
Sokin tunni tinchini buzib. Mani yo'qlab keldingmi YOMG'IR. Ketim yordan ko'ngilni uzib. Shunga yig'lab keldingmi YOMG'IR. Yog'ib meni suyib kel YOMG'IR. G'amlarimni quvib ket YOMG'IR. Ko'chalarda bizlardan qolgan. Izlarni ham yuvib ket YOMG'IR. Xech eslagim kelmas o'shani? U siz endi netaman YOMG'IR. Menga ko'rsat u yoq go'shani. O'sha yerga ketaman YOMG'IR.
Bir qiz yiqlar buloq boshida, Mayus majnuntollar qoshida. Ko'ngil ohi ko'zin yoshida, Bevafo ko'p ekan dunyoda. Muhabbat yo'q ekan dunyoda, Dildan ko'chib ketsa hayollar. Yomonga yo'q ekan jazolar, Yolg'on dunyo ekan dunyolar. Bevafo ko'p ekan dunyoda, Muhabbat yo'q ekan dunyoda...!