O‘tib ketdi qancha yillarim senga atalar bu so‘zlarim
Azoblardan yuragim yarim seni sog‘indim
Kim men deb yig‘ladi, kimdir kechirdi,
Kimning dardi menga og‘u ichirdi.
Kimdir yuragidan butkul o‘chirdi,
Oxir hammasiga bir-bir ko‘ndim man,
Bir seni o‘ylasam, faqat yondim man.
Yurakka nimadir botib bormoqda,
Alamlar qatma-qat ortib bormoqda.
Borib-borib bag‘rim qotib qolmoqda,
Hattoki dunyodan, sovib qoldim man,
Bir seni o‘ylasam, faqat yondim man.
Ko‘nglim chinor kabi kuyib qolibdi,
Ishq dardi ichimni o‘yib olibdi.
Tagidan yana bir nihol unibdi,
Yaproqlarin silab siniq kuldim man,
Bir seni o‘ylasam, faqat yondim man.
Kelib ko‘r ko‘ksimda nishlar izi bor,
Tillarim uchida tishlar izi b
O‘ZBEK QIZLARI
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo‘lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin
O‘psa faqat shamol o‘par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg‘irlar silaydi faqat,
Ko‘rsa faqat osmon ko‘rar ko‘zlarin —
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog‘ar gul yonoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg‘aldoqlardan.
Oftob botgandan so‘ng xilvat bog‘lardan,
Behuda izlamang sira izlarin —
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.
Ko‘ngli daryoday keng, mehri ulug‘vor,
Dugonasi Hayo, sinfdoshi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog‘ — oddiy tuproq,
Ular etagidan ja