ЖД
Tizzangizga boshim qo’ysam tizlar cho’kib,
Ayblarimga afv so’rasam yoshlar to’kib,
Yashayapsiz mening uchun g’amlar chekib,
Gar istasam butun olam jam bo’ladi,
Ammo sizning mehringizdan kam bo’ladi.
Olloh menga omad bersa suyundingiz,
Ozor cheksam mendan oldin kuyundingiz,
Otajonim, bor mehringiz ilindingiz,
Gar istasam butun olam jam bo’ladi,
Ammo sizning mehringizdan kam bo’ladi.
Ota, baxtni zor – zor kutdim, kela olmas,
O'glingizning shoir ko’ngli to’la olmas,
Baxt buyukdir, ammo sizdek bo’la olmas,
Gar istasam butun olam jam bo’ladi,
Ammo sizning mehringizdan kam bo’ladi.
Qalbim tutdim she’r yozay deb nomingizga,
Mag’rur turing, men borman – ku yoningiza,
Men baxtliman, aro kirsam