Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Mudom hayot yoʻlinga uzoq safarga chiqar ekansan, yoningdagi hamsafaring munofiq yoki mujmal odam boʻlmasligiga ishonch hosil qil. Chunki ikkisi ham mashaqqat kelganda va vaziyat torayganda seni tashlab qochadi. Munofiq ehtiyojlari uchun senga yolgʻondan da’vo berib amalda bajarmasligi bilan, mujmal senga koʻzi yetmaganida xayr-ma’zur bilan xoyinlik qiladi. Lekin, aslo vaziyat keskinlashganda sof asliyatingni oʻzgartirma. Agar senga xiyonat qilishsa, sen ham xoyinga aylanma. Agar seni aldasalar sen ham yolgʻonchiga evrilma, agar seni tashlab qochsalar sen ham nomard odamga oʻzgarma. Chunki, ogʻir ahvolda sharafli qolish, sharmandali omon qolishdan afzaldir.