Olis safarlarga ketdima qarang,
Do'stlarim deydilar sog'indi Onang.
Yuripman mana musofir bo'lib,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang
Qadringiz yana ham bilinib Otajon
O'g'lingiz o'zgarib quyilib qoldi,
Hechkimga bildirmay yig'lab ham oldi,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
Tushlarimga kirasiz holimni so'rab,
Yana erkalaysiz boshimni silab,
Tangridan uzoq umrimni tilab,
Men yaxshiman Otajon xavotir olmang.
Yigitman axir kunim ko'chada,
Sog'inib bedorman bazan kechada,
Ishlashim kerakku yoshim avjida,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
To'g'ri tan olaman biroz soddaman,
Yaxshidan yomon ko'p buni bilaman,
Bu xayot qonuni sabr qilaman,
Men yaxshiman Otajon xavotir olmang