Dilimni og‘ritdi dilimdagilar,Tunu kun nomlari tilimdagilar,Oftobim, shamolim, selimdagilar,Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.
Zaharlar keltirdi, sharoblar tutdim,G‘iybatlar uydirdi, itoblar tutdim,Qasamlar ichdilar, savoblar tutdim,Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.
Dasturxon to‘rimda sharbat totdilar,O‘girildim ortimdan g‘iybat otdilar,Ular buncha meni oson sotdilar,Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.
Dushmanim ayyordir, paytlar poylaydi,Do‘stim esa nodon, suvni loylaydi,Ikkisi bir bo‘lib ko‘zim boylaydi,Men ularni kechiray, bir qudrat bergin.
Allohim, mehringd