Muhabbat dog'ida kuygandim qancha,
Yana ishq savdosi tushdi boshimga.
Qayg'udan yuragim bo'lsa ham parcha,
Xolimni so'ramadilar kelib qoshimga.
Dunyoda muhabbat bormikan asli?
Orzular og'ushiga yetmadi qo'lim.
Izlagan yorimning qaydakan vasli?
Dilginam iztirobga to'la limo-lim.
Majnuntol bo'ylarin cho'zib yuzimga,
Yoshlarim artadi taskinlar berib.
Quyosh ham nur sochib, so'liq yuzimga,
Quvonchin baxsh etar, gardishin kerib.
Yana yurak sevdi yana yig'ladi,
Bevafolar bag'ru dilim tig'ladi.
Nega sening sevging yana bilmadi,
Qo'y endi yig'lama yig'lama yurak.
Bir go'zal sevmasa sevmabdi seni,
O'ksima, o'rtama, qiynama meni,
O'zi bevafolar bilarlar neni,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Har doim chin sevgi, vafo istaysan,
Ahir ular yo'q bo'lsa neni izlaysan,
Sof sevgi juda kam, buni bilmaysan,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Ul bevafoni sen endi suymagin,
Aldamchi hislarni sira tuymagin,
Ishqida faqat yonib kuymagin,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Sevgi sarobidan ado bo'ldingku,
Hiyonat dastidan qonga to'ldingku,
Go'yo ming tirilib ming bor o'ldingku,
Qo'y endi yig'lama, yig'lama yurak.
Tunlari bedorman, uyqum kelmaydi
Hayollar sira hech, tinchlik bermaydi
Eslasam o‘tgan kun, o‘tgan damlarni
Yuragim azobda, meni qiynaydi
Har tongda uyg‘onsam, hayolimda sen
Yursam ham tursam ham, hayolimda sen
Unitish shunchalar, qiyin ekanki
Chunki bu yurakda, borsan ahir sen
Ko‘nglim hech bir zum ham, taskin topmasa
Qalbimda na umid, orzu bo‘lmasa
Hayotim har kuni, nurga to‘lmasa
Yashab ayt netaman, baxtim kulmasa
Aldangan bu ko‘nglim, taskin topmaydi
O‘tgan har kunlarim, ortga qaytmaydi
Bu bedor tunlarim, hech tugamaydi
Yangitan hayotni, boshlab bo‘lmaydi
Sevgining azob u, alamlari ko‘p
Shunchalar ko‘pligidan, yuragimda o‘q
Har kuni yuragim, og‘riganida
Ko‘zlarimdan quyilib, kelar