Qizlar qo'shig'i
Qiz yo'q uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yo'q uyda janbil-rayhon o'smaydi.
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Ko'zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir qizingiz...
Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob,ayvonda oy yotmaydi.
O'g'il qanday do'st bo'ladi bilmadim,
Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi.
Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir qizingiz...
Umr daryo, tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo'alak sohildir.
Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir,
Qiz bor uyda bordir yuzingiz,
Qay o'g'ildan ayting kamdir,ayting qizingiz...
Dunyo ko'rki-shu ko'zlari shahlolar,
Qizlar bilan