HALI HAYOT OLDINDA
Umr-bir lahzalik yo'l,
Buni sezmay qoldimda.
Tushkunlikka tushma dil,
Hali hayot oldinda.
Yongan dilni yondirma,
Yurak shahdin sindirma,
Umidingni so'ndirma,
Hali hayot oldinda.
Daydi shamol do'q qilar,
Kim nishonga o'q qilar,
Biznikidir cho'qqilar,
Hali hayot oldinda.
Sinovlar ortgan paytda,
Endi yo'l yo'q deb aytma,
Aslo ortingga qaytma,
Hali hayot oldinda.
Yo'lsiz qoldirdilarmi,
Yolg'iz qoldirdilarmi,
Ojiz qoldirdilarmi,
Hali hayot oldinda.
Ishonchimga kirganlar,
Sevgimdan ayirganlar,
Qanotim qayirganlar,
Hali hayot oldinda
Sarg'aytirgan yuzlaring,
Uvol qilgan so'zlaring,
Qaytib kelar do'stlaring,
Hali hayot oldinda.
Siqilmagin surma o'y,