Sevgi... Sen baxt emas, sen ikki öt aro yöl, Sen jonimni ötda yoqqan qaro yöl. Dildan sevsam dilga jabr qilib ketdi ayyor dil, Har lahzada hiyonatga tayyor dil. Sevgi, sen baxt emas, sen tikanli qafassan, Qafas ichra jon talashgan nafassan. Chindan gözal, chindan xushröy, u chiroyli ofatdir, Ming yil azob, bergan lahza rohatdir. Aytardima unga axir sensiz yashash köp mushkul, Sözlarimni unutdimi yor butkul... Jondan ortiq sevmasmidim, Yor sörasa jonim bermasmidim. Endi menga jon na kerak, visol kerak ediku, Yolg'onchi yor yoringizman derdiku...