Xalq boshidan soya ketgan kuzmi bu, Rab?
Yolg'on desam, nahotki rost so'zmi bu, Rab?
Uzun-uzun ohlar ko'kka o'rlanadi,
Xalq otasin umri shuncha ozmidi, Rab?
Yetmish ikki tomirlarga motam yetdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.
Butun elni yig'latgan kun qandayin kun?
Shum xabardan butun boshli millat mahzun.
Yurtim deya, xalqim deya qayg'urib, bir
Qayg'urmabdi otajonim o'zi uchun!
Olam uzra qandayin bir olam ketdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.
Garchi, ajal o'z mo'ljali beomondir,
Endi diydor otam bilan ming armondir.
Cho'lponlarni boy bergani yetmasmidi?
O'zbek uchun buncha qattiq imtihondir?
Chorak asr yurt to'yida alam yetdi,
Xalq boshidan – Haq qoshiga otam ketdi.
Zor yig
Suyganimni ko'ngli birovda,
Nega deya qalbim so'rovda,
O'z baxtingni qo'ldan berma deb,
Dil yonadi, yurak olavda..
Sensiz hayot hayotmas,
Ketganing alam emas,
Yuragimda bir havas__
Seni baxtli ko'rsam bas!
Mayli men dardlar quchay,
Bol totmay, zahar ichay.
Yolg'iz, kimsasiz yashay,
Seni baxtli ko'rsam bas!
Sevgisiz dil qarimas,
Dilimdan dard arimas,
Yig'lasang chidolmayman,
Seni baxtli ko'rsam bas!
Shunchalar sevamanki,
Dunyodan ortiq balki,
Mayli yashay shunchaki,
Seni baxtli ko'rsam bas!
Xayolingla yursam bas,
Tushlaringga kirsam bas,
Xudodan so'raganim_
Seni baxtli ko'rsam bas!
Senga bersin-da to'zim,
Garchi hijronda o'zim,
Eslagin Oshiq so'zin_
Seni baxtl