Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganda,
Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodingga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga tölsa yig'lama.
Xayotdan umiding so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodingga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin sözin ravo körmasa.
Va'dalar bersa-yu ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodingga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodingga tushsin.
Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang- u beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni ko'rganlarim yodingg