Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr toqat qilmoqni,
Olloxga yetishmoqni,
O'rgandim Ro'za ila!!!
Bandaga marhamatni,
Ro'zadagi raxmatni,
Minglab minglab hikmatni,
O'rgandim Ro'za ila!!!
Yaxshilikni ma'nosin,
Solixlikning taqvosin,
Saxovatning baxosin,
O'rgandim Ro'za ila!!!
Shukurning mohiyatin,
Zikrning fazilatin,
Taqvodorni xayotin,
O'rgandim Ro'za ila!!!