Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz- a?). Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o`ylab yig`lashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz. Men unga sovg`a qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi ko`kka yetadi. Undagi muhabbatni so`z bilan ta’riflashning iloji bormikan? Mehr- muhabbatning bundan ortiq ko`rinishi bormikan? Men esa uni u a