DARVESH QO'SHIG'I
Men telba emasman, men bir qalandar,
Men mashshoq emasman,
Qo'limda dutor.
Milyon yil evrildi qurt-kapalaklar,
Men hamon odamman,
Yo Parvardigor!
Yuragim - parcha muz. Suyagim - o'tin.
Tundan ko'rpa bichib bergan zulumot.
G'am, alam qustirar o'qtin va o'qtin,
Yedirmay, ichirmay, to'ydirgan hayot.
Men shodon emasman, men bir g'amgusor,
Men podshoh emasman,
Oddiy fuqaro.
Bu dunyo - qulbozor, mardikorbozor,
"HAQ DO'ST, YO ALLOH!"
"HAQ DO'ST, YO ALLOH!"
Qayig'imni g'ajir bir ko'lvor ilon,
Qulog'imga javrar mushriklar tinmay.
Qanot qoqib kirar qaldirg'och - iymon,
Kechalarim uzun ibodatimday ...
Men Darvesh emasman, men bir savdoyi,
Men hofiz emasman,
tillarang chiltor.
IKROM OTAMURODGA MAXFIY NOMA
Yangi daftarini ochayapti kun,
eski daftaridan chiqardim savod.
Men kimning izmida ketayapman kun?!
Men kimning izmida ketayapman hayot?!
Bulutlar raqsining tasviri uchun,
ruhimni tindalab qilyapman ijod.
Men kimning izmida ketayapman kun?!
Men kimning izmida ketayapman hayot?!
Alag'da tushlardan zadaman nechun,
qancha g'oyalarim bo'lmoqda barbod.
Men kimning izmida ketayapman kun?!
Men kimning izmida ketayapman hayot?!
Bir yo'llar ko'rgandim - umrimdan uzun,
u yo'llar torayib kelmoqda nahot.
Men kimning izmida ketayapman kun?!
Men kimning izmida ketayapman hayot?!
Yangi daftarini ochayapti kun,
eski daftarida
30 YILLAR QO'SHIG'I
Sevgimday sevimlim, sirim, Ozodlik...
Eshqobil SHUKUR
Yugurdik. Yetmadik. Yugurdik.
Yetmadik. Yugurdik. Yetmadik.
Va yana yugurdik...
Charchadik. To'xtadik. Charchadik.
To'xtadik. Charchadik. To'xtadik.
Va yana...
Ozgina mizg'idik. Ozgina.
Mizg'idik. Ozgina mizg'idik.
Va yana o-o-ozgina...
Tush ko'rdik. Yetmadi. Tush ko'rdik.
Yetmadi. Tush ko'rdik. Yetmadi.
Va yana...
29.12.2015
DARVESH