Предыдущая публикация
atirgulning bargchalari yirtiladi...
xazonrezday to'zib tushar qush patlari
kumush baliq sho'ng'ib ketib ko'l tubiga
balqib chiqar nilufargul ko'ylaklari
bir kungina bayram qilar gazandalar
sixga tortib xush taomi qurvaqani
suvilonni mehmon qilar pazandalar
ozodasi - nilufargul ko'ylaklari
tun sukutin buzib sayrar ko'r baqalar
KIMGA YOQAR BADBAXTLIKNING XONISHLARI!?
nilufargul ko'ylaklarin yig'ib olar
izg'irinda izg'ib ma'bud tanishlari
tunni kunduz qilib qaytar suvilonlar
xazonrezday to'zg'ib qolar qush inlari
...endi xira nuri bilan kuydiradi
nilufargul ko'ylaklarin uchqunlari...
...atirgulning
bargchalari
yirtiladi...
14.06.2017
DARVESH
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2