Boqsa ko`zingiz, Yurak qaqshaydi. Oy ham o`zingiz, Sizga o`xshaydi. Oftobu nurlar, Marvarid durlar, Xattoki gullar, Sizga o`xshaydi. Ey o`tli jilva, Ey nozli ishva, O`ynoqi jilg`a, Sizga o`xshaydi. Bag`rim etib qon, Dil bermas jayron, Jayron ham janon, Sizga o`xshaydi. Gulzorku gulzor, Iforku ifor, Xattoki bahor, Sizga o`xshaydi...