...Maktub xam yozmaysan-
Kutaman,
Sen deya boğlandim tushlarga.
Xayolda qõllaring tutaman,
Jilmayib qarayman qushlarga...
Sen-õsha,
Õzidan ortmagan,
Sen-õsha,
Eng olis osmonsan.
Sen-õsha,
Sõzidan qaytmagan
Yomonsan,
Yomonsan,
Yomonsan!
Yulduzga yetmaydi qõllarim
Iqrorman õzimni yengmoqqa.
Kutishdan tolmas bu yõllarim
Jur'at yõq senda bir kelmoqqa!
Yuzlaring kõrayin,
Yõğasam...
Men sening kimliging bilmayman!
Seni bu hayotda kõrmasam,
Men qaytib dunyoga kelmayman!
Umidim...
Yurakka tutar bol...
Õzimdan kuchlidir sabotim.
Ne uchun borsan-u,
Ey xayol...
Nimaga yõqsan sen,
Hayotim?
Ruhimdan buyukdir bu hijron
Yolğizlik yurakka tosh bõldi.
Men seni sahrodek kutyapman,
Dengizdek tosh bõldi,
Tosh