Charchadim armonlardan,
yolg'onlardan charchadim,
Do`st sifat ilonlardan,
yomonlardan charchadim.
Bir kun yetib qadrimga, gul
keltirib qabrimga,
Zor bo`larlar mehrimga,
ozorlardan charchadim.
Yig'lamang bu holimga,
achinmayman molimga,
Javob yo`q savolimga,
gumonlardan charchadim.
Topolmadim bir chin do`st, g'am
devori ustma-ust,
Soxta salom inson yuz,
shaytonlardan charchadim.
Charchadim hasadchidan,
ig'vogar g'iybatchidan,
Ilontish tuxmatchidan,
chayonlardan charchadim.
Biz bitta o`rmonmiz de,
sherpanja qoplonmiz de,
Jag' yirtdi insonmiz de,
hayvonlardan charchadim.
Aytgin Alloh ne uchun, ularga
yetmas kuchim?
Tugadi ko`zda yoshim,
zamonlardan charchadim.