Dasturlash va o`z-o`zini dasturlash
Biz xohlaymizmi yoki yo`qmi, baribir, bizga oilaviy tarbiya, maktab, jamiyat tomonidan kiritilgan dasturlar asosida yashaymiz. Biror narsani to`g`ri yoki noto`g`riligini biz qaerdan bilamiz? Albatta, o`zimizdagi mavjud dasturlarda qanday yozilganiga taqqoslaymiz va bunisi to`g`ri, bunisi noto`g`ri degan xulosani chiqaramiz.
Balki bizning noto`g`ri deganimiz kim uchundir to`g`ridir degan fikr nimagadir hech kimni tashvishlantirmaydi. Chunki biz haqiqiy kompyuterlarmiz, o`zimizga kiritilgan dasturning to`g`ri bajarilishini bilamiz va boshqa kompyuterga boshqacha dastur kiritilgani bizni qiziqtirmaydi.
Bizning qaysi sharoitda o`zimizni qanday tutishimiz,